Toshkent sh.
Du-Ju: 10:00-21:00
Sha-Yak: 12:00-16:00
Maldiv orollariga
Lyudmila Dovgolevskayadan
turlar
Istaklaringiz bilan o‘rtoqlashing va biz siz uchun kutilganidan ham a’loroq dam olishni tanlab beramiz.
Biz har bir orolning muhitini yaxshi bilamiz — osoyishta va shinam maskanlardan tortib, qizg‘in hayotga boy dinamik kurortlargacha.
Men va mening jamoam 25 yildan ortiq vaqtdan beri Maldiv orollariga sayohatlar yaratib kelmoqdamiz va barcha kurortlarni shaxsan tekshirib chiqamiz.
Keling, tanishamiz!
Dam olishingizni bizga ishonib topshiring — biz uni mukammal darajada tashkil etamiz!
Salom! Men Lyudmila Dovgolevskayaman
Emeralde Travel turistik agentligi asoschisi va Maldiv orollari bo‘yicha sizning shaxsiy ekspertingizman. Mana 25 yildirki, insonlarga yurakda abadiy muhrlanib qoladigan o‘sha unutilmas sayohatlarni topishda ko‘maklashib kelmoqdamiz.

Men 20 dan ortiq orol va kurortlarni shaxsan o‘rganib chiqqanman. Mehmonxona menejerlarini, har bir atollning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilaman va hatto eng injiq, talabchan mijoz uchun ham ideal maskanni tanlab bera olaman.
99% mijozlar
Menga qayta murojaat qilishadi va o‘z do‘stlariga tavsiya etishadi
417 nafar mamnun turist
Faqatgina joriy yilning o‘zida mening yordamim bilan Maldiv orollarida dam olib qaytdi.
Konsyerj xizmati
Bayramlarni tashkil etish, ekskursiyalar, restoranlar, SPA — barchasini siz uchib kelishingizdan oldin band qilib beraman.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik
Villalar toifasini ko‘tarish (apgreyd), bonuslar va imtiyozlar — mening mijozlarim uchun hamma narsaning iloji bor!
Nima uchun men bilan dam olishingiz mukammal bo‘ladi?
Vaqtingizni tejash
Sizga forumlarni o‘rganish va narxlarni solishtirish shart emas. Istaklaringiz va byudjetingizga mos turni tezda tanlaymiz. Mehmonxonani tanlagan bo‘lsangiz ham, uni tekshirib, ortiqcha to‘lovlarsiz eng yaxshi variantni taklif etamiz.
03
Faqat tekshirilgan mehmonxona va villalar
Tavsiyalarim ro‘yxatidagi har bir mehmonxona sharoiti bilan yaqindan tanishman. Qaerda mukammal servis, eng yaxshi uy rifi yoki okean manzarasiga ega eng mazali nonushtalar borligini aniq bilaman.
02
Shaxsiy agent
Men va jamoam — sayohatlar olamidagi yo‘l ko‘rsatuvchingiz. Mehmonxonalar, aviakompaniyalar va transfert xizmatlari bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etamiz. Siz dam olasiz, biz nazorat qilamiz.
01
24/7 qo‘llab-quvvatlash
Siz Maldiv orollarida bo‘lganingizda ham jamoamiz bilan doimo aloqadamiz. Har qanday masala yoki istakni lahzalarda hal qilamiz. Sizning xotirjamligingiz — bizning bosh vazifamiz.
04
Sizning jannatmakon dam olishingiz aynan shunday ko‘rinishga ega
Mehmonxonagacha transfert
Firuza rang atollar uzra gidrosamolyotda parvoz, tezyurar katerda zavqli yurish yoki shaxsiy yaxtada bir qadah shampan vinosi hamrohligidagi xotirjam kruiz.
Villalar
Panoramali oynalar, okeanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushish yo‘lagi va odamni hayratga soladigan go‘zal manzaraga ega keng xonalar.
Turfa xil taomlar
Okean manzarasiga ega nonushtalar, qirg‘oqda sham yorug‘idagi kechki ovqatlar, eng yangi dengiz mahsulotlari va ekzotik mevalar.
Ko‘ngilochar hordiq
Jonli rif yaqinida toshbaqalar va mantalar bilan snorkling, tong saharda sapbording, quyosh botishi paytidagi romantik kruiz yoki okean ustidagi spa-muolajalar.
Mehmonxonada kutib olish
Oroldagi ilk soniyalardanoq g‘amxo‘rlikni his etasiz: salqin ichimlik, xushbo‘y sochiq va ismingizni biladigan xodimlarning tabassumi.
Orzungizdagi sayohatga tayyormisiz?
Arizangizni qoldiring, biz aynan siz uchun mos keladigan turni tanlab beramiz!
Men shaxsan tekshirgan top-6 mehmonxona
Murakkab marshrutlarni yaratamiz
Agar siz bir sayohat davomida turli orollarning muhitini his qilishni yoki bir nechta turdagi villalarda yashab ko‘rishni istasangiz, men va jamoam sizning xohishlaringizga to‘liq mos keladigan marshrutni ishlab chiqamiz.
Har bir mehmonxonaning nozik jihatlarigacha bilamiz
Qayerda qum mayin, qayerda esa maxsus poyabzal kerakligi, eng yaxshi riflar, bepul niqoblar va restoranlar menyusi — barcha detallarni bilgan holda, sizga ideal mos keladigan maskanni tanlaymiz.
★★★★★
Nova Maldives
Mening eng sevimli, shinam orolim! Bor-yo‘g‘i 76 ta villa, mayin qum va qirg‘oqning o‘zidagi uy rifi (unga zinali pirs olib boradi). Qo‘shimcha qulaylik — rus tilida so‘zlashuvchi xodimlar va barcha bandlovlar uchun rus tilidagi qulay ilova.
2 nafar kattalar
7 kecha
FB+ - To‘liq pansion plyus
Atoll: Janubiy Ari
~ 73 144 000 UZS
★★★★★
Joy Island
Bir ko‘rishda oshiq bo‘ldim! Bu yerda o‘zgacha shved stoli bor: mahsulotlarni tanlaysiz va ko‘z o‘ngingizda pishirib berishadi. Shuningdek, shirinliklarga to‘la "Gunoh xonasi" va shaxsiy pishloqxona mavjud. Oilalar uchun ideal: 16 yoshgacha bolalar bepul yashab, ovqatlanishadi. Bolalar band, ota-onalar dam oladi!
2 nafar kattalar
7 kecha
AI – Hammasi ichida
Atoll: Shimoliy Male
~ 70 400 000 UZS
★★★★★
Sun Siyam Vilu Reef
Sokin va xilvatda dam olish uchun ideal maskan! Sutka davomida "all inclusive" tizimi ishlaydigan kurort. Kichkina yam-yashil orol, ammo go‘zal va jonli rifga ega — toshbaqalar, skatlar va minglab baliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bungalovingiz yonida.
2 nafar kattalar
7 kecha
AI - Hammasi ichida
Atoll: Daalu
~ 65 528 000 UZS
★★★★★
Velassaru Maldives
Xuddi "Baunti" reklamasidek! Har bir villada L'Occitane kosmetikasi va Nespresso kofemashinalari bor. Orol yam-yashil tabiat, mayin qum va qirg‘oqdagi go‘zal rifdan iborat. Nonushtalar shunchaki ajoyib, dengiz mahsulotlari va yapon taomlariga ega 5 ta restoran mavjud.
2 nafar kattalar
7 kecha
BB – Faqat nonushta
Atoll: Janubiy Male
~ 52 128 000 UZS
★★★★★
Saii Lagoon Maldives
Bir-biri bilan bog‘langan 3 ta oroldan iborat ulkan va obod hudud — sayr qilish uchun ajoyib maskan. CROSSROADS kurort-ko‘ngilochar majmuasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati mavjud. Xalqaro oshxona restoranlari, plyaj klubi va Hard Rock Café esa bir qadamlik masofada joylashgan.
2 nafar kattalar
7 kecha
BB - Faqat nonushta
Atoll: Janubiy Male
~ 44 600 000 UZS
★★★★★
Sun Siyam Vilu Reef
Sokin va xilvatda dam olish uchun ideal maskan! Sutka davomida "all inclusive" tizimi ishlaydigan kurort. Kichkina yam-yashil orol, ammo go‘zal va jonli rifga ega — toshbaqalar, skatlar va minglab baliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bungalovingiz yonida.
2 nafar kattalar
7 kecha
AI - Hammasi ichida
Atoll: Daalu
~ 65 528 000 UZS
★★★★★
W Maldives
Hayratda qoldirishni biladigan zamonaviy mehmonxona! Xodimlar chin dildan xizmat ko‘rsatadi, taomlari shunchaki ajoyib, villalar esa shaxsiy hovuzli, hatto ba’zilarida suv tepaliklari (gorkalar) bor. Asosiy o‘ziga xosligi: kechalar va to‘ylar uchun shaxsiy alohida orol mavjud — bunda asosiy orol doimo sokin va tinch bo‘lib qoladi.
2 nafar kattalar
7 kecha
BB - Faqat nonushta
Atoll: Shimoliy Ari
~ 129 950 000 UZS
Hayotingizdagi eng muhim so‘zlarni aytish uchun Maldiv orollaridan ham mukammalroq joy bormi? Oppoq qum, okean shovqini, osmonni pushti va oltin ranglarga bo‘yovchi quyosh botishi — bu yerda har bir detal romantika uchun yaratilgan.

Oroldagi to‘y marosimi shunchaki go‘zal an’ana emas, balki bir umrga muhrlanib qoluvchi o‘zgacha lahzadir. Bu vaqtni to‘xtatish, bir-biringizdan zavqlanish va ushbu kunni aynan siz orzu qilgandek — shoshinchsiz, begona ko‘zlarsiz va stresslarsiz yashab o‘tish imkoniyatidir.

Eng yoqimlisi esa — bunday marosimni tashkil qilish siz o‘ylagandek qiyin emas. Maldiv orollaridagi ko‘plab rezortlar mehmonxonani band qilganingizda, bezaklar, fotozona, ramziy rasm-rusumlar va hatto juftlik uchun kichik syurprizlarni o‘z ichiga olgan bepul to‘y marosimlarini taklif etadi.
Maldiv orollarida bepul to‘y marosimi
★★★★★
Ifuru Island Maldives
Bepul paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Okean qirg‘og‘idagi oppoq arka yonida marosim (kun chiqishi yoki botishi paytida);
To‘y koordinatori xizmati va marosim joyini bezatish;
Kelin guldastasi va kuyov ko‘krak guli (butonyerka);
Tort va bir shisha Prosecco;
To‘y kuni villani bayramona bezatish;
To‘y sertifikati;
Ikki kishi uchun SPA-dastur (50 daqiqa);
Marosim kuni juftlik uchun kokteyl;
Marosim o‘tkaziladigan joyga borish uchun bayramona bezatilgan baggi-transfer.
Band qilish davri: 30.09.26 gacha
Yashash davri: 01.05.26 – 30.09.26, 7 kechadan boshlab
Atoll: Raa
~ 29 633 000 UZS
7 kecha / 2 nafar kattalar
★★★★★
Lily Beach Resort and Spa
Bepul paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Marosim joyini bezatish;
Bir shisha shampan vinosi;
Kanape (yengil tamaddilar);
Bayram torti;
To‘y sertifikati.
Band qilish davri: 30.09.26 gacha
Yashash davri: 30.09.26 gacha
Atoll: Janubiy Ari atolli
~ 43 650 000 UZS
7 kecha / 2 nafar kattalar
Aynan sizning istaklaringizga javob beradigan hordiq
Qirg‘oqda jonli rifga ega kurortlarni bilamiz: bu yerda manta, toshbaqa va akulalar bilan suzish mumkin. Yangi boshlovchilar va tajribali dayverlar uchun ideal mehmonxonalarni tanlaymiz.
Snorkling va dayving
Eng yaxshi SPA-markazlariga ega mehmonxonalarni tavsiya etamiz: ayurveda dasturlari, mualliflik massajlari, premium kosmetika va dunyo darajasidagi terapevtlar. To‘liq tiklanishni istovchilar uchun.
SPA hordiq
Maldiv orollarida to‘y marosimini to‘liq tashkil etish: stilist, soch turmagi, makiyaj, dekor, joy tanlash, fotograf va kun koordinatsiyasi. To‘ylarni "kalit ostida" (tayyor holda) yaratamiz — xilvatdagi shinam marosimlardan tortib, bir nechta kishilik bayramlargacha.
To‘y marosimi
Maldiv orollarida kamdan-kam uchraydigan, haqiqatan ham bolalar uchun animatsiyalar mavjud bo‘lgan kurortlarni tanlaymiz. Eng yaxshi bolalar klublari, xavfsiz plyajlar va keng oilaviy villalar qayerda ekanligini aytib beramiz.
Oilaviy ta’til
Haqiqiy All Inclusive tizimiga ega mehmonxonalarni bilamiz: sutka davomida taomlanish, premium alkogol ichimliklar, to‘liq porsiyali vaqtinchalik tamaddilar (sneki) va muzqaymoq. Hech qanday yashirin to‘lovlarsiz — siz hech qanday "cheklovlarsiz" chinakam qulay hordiqni qo‘lga kiritasiz.
Hammasi ichida
To‘liq maxfiylikka ega mehmonxonalarni tanlaymiz: shaxsiy hovuzli, yopiq hududli va alkogolsiz villalar. Qulaylik, konfidentsiallik va halol hordiqning barcha talablariga to‘liq moslik.
Halol hordiq
Siz uzoq vaqt eslab yurishni istaydigan muhitni tashkil qilamiz: plyajda sham yorug‘idagi kechki ovqat, villani bezatish, yubiley yoki tug‘ilgan kun uchun kutilmagan syurprizlar. Siz dam olasiz, biz esa his-tuyg‘ularingiz unutilmas bo‘lishi uchun har bir detalni o‘ylab chiqamiz.
Romantik hordiq
Орзуingiz haqida so‘zlab bering — biz esa Maldiv orollarida sizning xohishlaringizga to‘liq mos keladigan ideal ta’tilni tashkil etamiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Manfaatli takliflarni o‘tkazib yubormaslik uchun obuna bo‘ling!
Maxsus takliflar, qaynoq turlar, eksklyuziv chegirmalar hamda eng yaxshi yo‘nalishlar va mehmonxonalar haqidagi foydali maqolalarni birinchi bo‘lib aynan ijtimoiy tarmoqlarga joylayman.
Ofisimizga marhamat
Internetdan ideal turni qidirishdan charchadingizmi? Ofisimizga keling! Bizda internetda topib bo‘lmaydigan maxsus takliflar va qaynoq turlar mavjud.

Transfer yoki aviachipta kerakmi? Muammosiz! Hammasini o‘zimiz hal qilamiz. Vaqtingiz va pulingizni tejang — hordig‘ingizni professionallarga ishonib topshiring!
Xaritani faollashtirish uchun bosing
Parvozga ustuvor (priority) ro‘yxatdan o‘tish va biznes-zalga kirish
04
Black Jet yoki biznes-klassda parvoz
03
Gidrosamoliyot yoki yaxtada VIP-transfer
02
Aeroportgacha biznes-klassdagi taksi
01
Qulay parvoz va transferni tashkil etamiz
Sharhlar
OOO YUSUPOFF TRAVEL
Litsenziya №208548.
Ariza qoldiring va biz siz uchun shaxsiy turlar to‘plamini tayyorlaymiz!
Made on
Tilda